Ozarbayjon bilan sanoat mulkini muhofaza qilishda to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

© Sputnik / Murad OrujovBaxrom Ashrafxanov
Baxrom Ashrafxanov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Ozarbayjon bilan sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan PQ–369-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari shartnomada belgilangan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashi kerak, - deyilgan qaror matnida.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston shartnomaning kuchga kirishi uchun barcha zarur ichki tartib-tamoyillarni yakunlagan. Shuningdek, Adliya vazirligi ushbu shartnomani amalga oshirish uchun ma’sul vakolatli organ etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Respublikasi bilan Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan edi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash 70 foizga oshdi. Qishloq xo‘jaligi, ipakchilik va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya fondini tez fursatda ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0