O‘zbekiston samolyotsozlari Rossiyaga o‘qishga taklif qilindi

© Torgovoe predstavitelstvo Rossii v UzbekistaneVstrecha torgovogo predstavitelya Rossii Konstantina Zligosteva s rukovodstvom Tashkentskogo mexanicheskogo zavoda
Vstrecha torgovogo predstavitelya Rossii Konstantina Zligosteva s rukovodstvom Tashkentskogo mexanicheskogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Konstantin Zligostev Rossiya ta’lim muassasalari negizida samolyotsozlik sohasida mahalliy mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya savdo vakili Konstantin Zligostev Toshkent mexanika zavodi (TMZ) rahbariyati bilan samolyotsozlik sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Rossiya savdo vakili zavodga tashrifi doirasida TMZ bosh direktori Zafar Isoqov bilan uchrashib, korxona faoliyati va uning kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi.
Ayni paytda Toshkent Mexanika zavodi Il-76, Il-114 kabi samolyotlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, shuningdek, ushbu samolyotlarning parvozga yaroqliligini saqlashga ixtisoslashgan.
Zavodda ishlab chiqarish maydonlari qayta jihozlanmoqda. Kelgusida bu quvvatni oshiradi va mahsulotlar ro‘yxatini kengaytiradi. Tashrif chog‘ida tomonlar Rossiya-O‘zbekistonning mavjud va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarini muhokama qildi. Muzokaralar ishtirokchilari uskunalarni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, Konstantin Zligostev Rossiya ta’lim muassasalari negizida samolyotsozlik sohasida mahalliy mutaxassislarni qayta tayyorlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston samolyotsozlik sohasida import o‘rnini bosuvchi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqmoqda. Xususan, “Innoprom-2022” ko‘rgazmasi doirasida Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix potensial hamkorlar bilan fuqarolik samolyotlarini ishlab chiqarishda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va Yevroosiyo texnologik platformasini shakllantirish masalalarini muhokama qildi.
Yangiliklar lentasi
0