Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ShHT sammiti kun tartibini muhokama qilishdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KazaxstanaTokayev obsudil s Mirziyoyevim torgovie svazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii
Tokayev obsudil s Mirziyoyevim torgovie svazi v svete obostreniya geopoliticheskoy situatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Muloqot chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisiga Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan dalda so‘zlarini bildirdi hamda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Qozog‘iston yetakchisiga Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan dalda so‘zlarini bildirdi hamda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.
Ikki mamlakat prezidentlari O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shu oyda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0