O‘zbekistonlik yengil atletikachi Budapesht Gran-prisida g‘alaba qozondi

© Press-slujba Ministerstva razvitiya sporta UzbekistanaUzbekskistanskie atleti zavoyevali medali na Islamskix igrax
Uzbekskistanskie atleti zavoyevali medali na Islamskix igrax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turnirida Safina Sadullayeva oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik yengil atletikachi Budapesht Gran-prisida g‘alaba qozondi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ayni kunlarda Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning eng kuchli atletlari medallar uchun bahslarga kirishgan.
Yengil atletikaning balandlikka sakrash sektorida ayollar o‘rtasida o‘tgan bahslarda o‘zbekistonlik Safina Sadullayeva g‘alaba qozondi.
Budapesht Gran-prisida Safina o‘z chiqishini 1,90 metr bilan boshladi va ikkinchi urinishda ushbu balandlikni zabt etgan holda musobaqa g‘olibligini naqd qildi.
“Safina Sadullayeva o‘zining ikkinchi chiqishida 1,98 metr balandlikka buyurtma berdi. Agar ushbu balandlik ham zabt etilsa, Sadullayeva O‘zbekiston rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lardi. Afsuski Safinaga bu safar biroz omad yetishmadi”, deyiladi xabarda.
Budapesht Gran-prisida faxrli 2-o‘rinni Ukraina vakilasi Katerina Tabachnik egalladi. U 1,86 metr natija qayd etdi. 3-o‘ringa esa musobaqa mezboni Barbara Sabo sazovor bo‘ldi, uning natijasi 1,83 metrni tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0