Siyosat

Senatning oʻttiz ikkinchi yalpi majlisi 13 sentyabr kuni chaqiriladi

© Oliy Majlis Senati Senatining yalpi majlisi
Senatining yalpi majlisi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Senatorlar Elektron tijorat, Tashqi mehnat migratsiyasi, Elektron raqamli imzo, Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunlarni koʻrib chiqishadi.
TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oliy Majlis Senatining oʻttiz ikkinchi yalpi majlisi 13 sentyabr kuni chaqiriladi.
Yalpi majlisda senatorlar Oliy Majlis Senati Raisi oʻrinbosari toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishadi.
Muhokama etiladigan qonunlar:
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi;
“Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi;
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi.
Shuningdek, majlisda Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2022 yil I yarim yilligi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, shuningdek, Tashqi ishlar vazirining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.
Senatorlar, Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining hamda Namangan shahrining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalar ham koʻrib chiqishadi.
Kun tartibidan shuningdek, Boyovut, Qarshi, Olot, Boʻston va Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalarini muhokama qilish ham oʻrin olgan.
Yalpi majlisda davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022 yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holatini koʻrib chiqish ham kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0