Sochida O‘zbekiston Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Krasnodarning qator korxonalari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati sohasida hamkorlikka qiziqish bildirmoqda.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Bosh konsulligi Sochi shahridagi o‘zbek diasporasi bilan birgalikda respublika Mustaqillik kuni munosabati bilan sayyor qabul uyushtirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Bayramona qabulda Rossiya hududi rahbariyati, tadbirkorlar, jurnalistlar, migratsiya xizmatlari vakillari va O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.
Krasnodar o‘lkasi hukumati investitsiya va kichik biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Vasiliy Vorobyevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududi rahbariyati O‘zbekiston hududlariga qiziqish bildirmoqda.
Xususan, tomonlar savdo uyini ochish uchun Andijon viloyati delegatsiyasining Krasnodarga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.
Ta’kidlanishicha, Krasnodarning qator korxonalari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati sohasida hamkorlikka qiziqish bildirmoqda.
Rossiyalik tadbirkorlar “O‘zcharmsanoat” uyushmasidan joriy yilning 12-14 oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Charm, poyabzal, galantereya, mo‘yna va jun” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun taklif oldi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya O‘zbekistonning yetakchi sarmoyaviy hamkori bo‘lib qolmoqda. Rossiya Federatsiyasining 84 ta subyekti respublika korxonalari bilan hamkorlik qiladi. Ularning eng faollari Moskva shahri, Razan, Novosibirsk, Nijniy Novgorod va Leningrad viloyatlari, shuningdek, Boshqirdiston va Tatariston respublikalari bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0