Super-kontraktda o‘qish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra, abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5 yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
"Bu istisno 2, 3 yoki 4 yo‘nalishga taalluqli emas. Ya’ni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yo‘nalishga qilishi mumkin", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2—5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi, faqat abituriyent to‘plagan ball 1-ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lganda.
Misol uchun, abituriyent 143 ball to‘plagan. Bunda birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish ball (kontraktning oxiri) 143 dan yuqori bo‘lsa, super-kontrakt asosida o‘qishiga ruxsat beriladi. Lekin o‘tish bali (kontraktning oxiri) 143 yoki undan past bo‘lsa, super-kontraktga ruxsat berilmaydi va u o‘zi tavsiya etilgan ta’lim
Super-kontrakt bo‘yicha arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0