Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy bank Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazildi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqida Markaziy bank Boshqaruvining yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvining iyuldagi yig‘ilishida asosiy stavka yillik 16 foizdan 15 foizgacha pasaytirilgandi. Bunday ko‘rsatgich, inflyatsion kutilmalarning shakllangan trendlari hamda kelgusi oylarda narxlar va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning kutilayotgan dinamikalaridan kelib chiqib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0