O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazmoqchi

© Foto: MIVT UzbekistanaZamestitel premyer-ministra – ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Jamshid Xodjayev provol vstrechu s zamestitelem predsedatelya Kabmina Turkmenistana Batirom Atdayevim.
Zamestitel premyer-ministra – ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Jamshid Xodjayev provol vstrechu s zamestitelem predsedatelya Kabmina Turkmenistana Batirom Atdayevim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat yengil avtomobillar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etishni muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro savdo hajmini yaqin kelajakda 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Botir Atdayev Toshkentdagi uchrashuvda buning uchun zarur chora-tadbirlar majmuini qabul qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishni nazarda tutgan holda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yil oxirigacha savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-turkman Qo‘shma komissiyasining navbatdagi 17-yig‘ilishini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqdilar.
“Tomonlar o‘zaro savdo hajmini yaqin kelajakda 2 milliard dollarga yetkazish uchun zarur chora-tadbirlar majmuini qabul qilishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar”, - deyilgan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Ikki mamlakat hududida tayyor to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi qo‘shma loyihalar sonini sezilarli darajada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, yengil avtomobillar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etishga, shuningdek, Turkmanistonda maishiy texnika ishlab chiqarishni birgalikda yo‘lga qo‘yishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
2021 yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 67 foizga o‘sib, 902 million dollarga yetgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich yana 9 foizga oshdi.
O‘zbekistonda Turkmaniston kapitali asosida tashkil topgan 173 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 69 tasi qo‘shma va 104 tasi yuz foiz xorijiy kapitalga ega korxonadir.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov joriy yil iyul oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgandi. Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0