Shaxmat: Toshkentda “Prezident kubogi-2022” musobaqasi boshlandi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Prezident kubogi-2022
Prezident kubogi-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil qiladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida aql gimnastikasi bo‘yicha “Prezident kubogi-2022” musobaqasi boshlandi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Ushbu musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, xalqaro turnir nizomiga ko‘ra ishtirokchilar 8-9-10-sentabr kunlari 2 tadan tur uchrashuvlarini o‘tkazishadi. 13-sentabr kuni so‘nggi tur bo‘lib o‘tadi.
© Sportni rivojlantirish vazirligi Prezident kubogi-2022
Prezident kubogi-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Prezident kubogi-2022
Turnir shveysarcha tizim bo‘yicha ikki bosqichda – guruh bosqichi yarim final (onlayn tarzda) va final (9-tur, oflayn), shuningdek, asosiy bosqich (10-tur) bo‘yicha o‘tkaziladi.
“Xalqaro turnirida dunyoning 16 ta mamlakatidan xalqaro grossmeysterlar, xalqaro shaxmat ustalari, shuningdek, sport ustaligiga nomzodlar g‘oliblik uchun dona surishi turnirning murosasiz va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi”, deyiladi xabarda.
G‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar va ularning 1-turdagi raqiblari:
Dubarbayli Vasif – Nilufar Yoqubboyeva;
Rahul V S – Javohir Sindarov;
Nodirbek Yoqubboyev – Humoyun Bekmurodov;
Manish Anto Krishtiano F – Jahongir Vohidov;
Shamsiddin Vohidov – Mehdi Hasan Parag.
Eslatib o‘tamiz, 6-sentabr kuni musobaqaning qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Yangiliklar lentasi
0