ShHTning taniqli sportchilari ishtirokida katta fleshmob bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi gosudarstv-chlenov ShOS
Flagi gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand sammitidan avval tashkilot faoliyati doirasida birinchi bor “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” loyihasiga asos solindi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Poytaxtdagi “Milliy bog‘” sayilgohida ShHTga a’zo mamlakatlarning taniqli sportchilari ishtirokida katta fleshmob o‘tkaziladi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Aytilishicha, Samarqand sammitidan avval tashkilot faoliyati doirasida birinchi bor “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” loyihasiga asos solindi.
Unga ko‘ra, 9-10 sentabr kunlari poytaxtda unga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda fleshmob tashkil etiladi.
Tadbirlar:
9 sentabr kuni soat 16:00 da “International hotel Tashkent” mehmonxonasida ShHTga a’zo mamlakatlarning taniqli sportchilari ishtirokida matbuot anjumani;
10 sentabr kuni soat 17:00 da “Milliy bog‘” sayilgohida ular ishtirokida katta fleshmob.

Fleshmobga tashrif buyuruvchilar eng taniqli atletlar, jahon va Olimpiada chempionlari bilan uchrashibgina qolmay, mahorat saboqlarida ham bevosita ishtirok etishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0