“Toshkent - Andijon” yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi

© Foto: uzrailpass.uzPoyezd na vokzale Tashkenta
Poyezd na vokzale Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
“Toshkent - Andijon -Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar 8-sentabrdan tashkil etiladi – tafsilotlar.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. “Toshkent - Andijon -Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Aytilishicha, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 8,15,22,29-sentabr kunlari 60/59-sonli “Toshkent - Andijon - Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qo‘shimcha ravishda 4-reys tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Samarqand - Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida "Afrosiyob" poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi. Mazkur yo‘nalishdagi 767/768-sonli elektropoyezdlarining qo‘shimcha harakati 12-sentabrdan 18-sentabrgacha amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0