Toshkentdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi

© SS0 / Unsplash / Will PoradaZnak stop, illyustrativnoe foto
Znak stop, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Haydovchilar soat 10:00 dan 00:00gacha aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Toshkentda 8-sentabr kuni bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqida shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8-sentabr kuni soat 19:30 da Alisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatrida 93 mavsumning ochilishi doirasida ochiq osmon ostida “Kuz zari og‘ushida Katta Musiqa” konserti o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 00:00gacha shahardagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi:
Buyuk Turon ko‘chasi Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda;
Buxoro ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishmasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda.
Xabarda haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘ralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0