“Yamal” aviakompaniyasi Moskvadan O‘zbekiston shaharlariga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Yamal"
Samolet aviakompanii Yamal  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkent va Namanganga parvoz qiladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkent va Namanganga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Domodedovo aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.
Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi parvozlar 14-sentabrdan boshlanadi. Reyslar haftasiga ikki marta – dushanba va chorshanba kunlari bajariladi.
Moskva-Namangan aviaqatnovi 17-sentabrdan yo‘lga qo‘yiladi va har shanba kuni amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning“Utair”aviakompaniyasi Ufadan Toshkentga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0