Siyosat

Deputatlar Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini maʼqullashdi

© Sputnik / Zafar XalilovVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vladimir Norov shu paytga qadar "vazir vazifasini bajaruvchi" edi.
TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Deputatlar Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Imamovich Norov nomzodini maʼqullashdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini koʻrib chiqdilar va maʼqullashdi.
"Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan koʻrib chiqiladi", deyiladi xabarda.
Vladimir Norov shu paytga qadar Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi edi.
Yangiliklar lentasi
0