Musiqa festivali o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtdagi bir necha ko‘chalar 9-sentabr soat 00:00 dan 12-sentabr soat 18:00 gacha yopiladi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar Tashkent Music Fest 2022 musiqa festivali o‘tkazilishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, 9-11 sentabr kunlari Tashkent Music Fest 2022 musiqa festivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 9-sentabr soat 00:00 dan 12-sentabr soat 18:00 gacha bir necha ko‘chalar yopiladi.
Buyuk Turon ko‘chasi Alisher Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
Istiqlol ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishmasidan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasigacha;
Zarafshon ko‘chasi Alisher Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
Javaharlal Neru ko‘chasi Zarafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish uzr so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 8-sentabr kuni Alisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatrida 93 mavsumning ochilishi doirasida ochiq osmon ostida “Kuz zari og‘ushida Katta Musiqa” konserti o‘tkazilishi munosabati bilan ham bir necha ko‘chalar vaqtincha yopilgandi.
Yangiliklar lentasi
0