“Nukus – Mo‘ynoq – Toshkent” yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda

© SputnikV Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy perviy pramoy reys iz SShA
V Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy perviy pramoy reys iz SShA  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways Mo‘ynoq va Nukus aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, yangi yo‘nalishidagi qatnovlarni joriy qilmoqda.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. “Nukus – Mo‘ynoq – Toshkent” yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.
Mo‘ynoq va Nukus aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, 12-sentabrdan boshlab kompaniya Nukus-Mo‘ynoq-Nukus yo‘nalishidagi qatnovlarni joriy qilmoqda.
Aviaqatnovlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45
Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45
Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25
Nukusga yetib borish: 12:25
Shuningdek, faqat 9-sentabr kuni HY-012 Nukus – Toshkent yo‘nalishida aviaqatnov Mo‘ynoq aeroportiga qo‘nib, yo‘lovchilarni bortga qabul qiladi hamda tegishli jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
Nukusdan jo‘nab ketish: 09:45
Mo‘ynoqqa yetib borish: 10:45
Mo‘ynoqdan jo‘nab ketish: 11:25
Toshkentga yetib borish: 13:25
Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0