Rossiyaning Gayazovs Brothers guruhi “Tashkent Music Fest 2022” festivalida ishtirok etadi

© Pixabay.com/GigxelsAudiomiksher didjey
Audiomiksher didjey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Musiqa festivali bugun poytaxtda Hyatt Regency mehmonxonasi va A.Navoiy nomli Milliy kutubxonasi oldidagi hududda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Bugun poytaxtda Tashkent Music Fest 2022musiqa festivali o‘tkaziladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Festival ishtirokchilari jonli musiqa va raqslardan bahramand bo‘lishlari, shuningdek, o‘zlarini ham chinakam musiqachi sifatida sinab ko‘rishlari, raqs tushish mahoratini namoyish etishlari mumkin bo‘ladi.
Festivalga ijrochi va didjeylari bilan bir qatorda, xorijlik yulduzlar ham taklif qilingan:
9 sentabr kuni Rossiyaning mashhur Gayazovs Brothers guruhi;
10 sentabr –Minelli;
11 sentabr – bir necha yillar davomida top-chartlarda yuqori o‘rinlarni egallagan HammAli & Navai dueti.
Bundan tashqari, poytaxtlik DJ King Macarella, DJ Pashkov, DJ Sam, DJ Frost, DJ Gera, DJ Safronov, raqs jamoalarining chiqishlari va fleshmoblar namoyish etiladi.
Maxsus taklif qilingan mehmon – QVZ Oliy ligasining chempioni, Aziya MIX jamoasining yetakchisi Eldiyar Kenensarov oqshomlarni quvnoq kayfiyatda o‘tkazishingizni ta’minlaydi.
Tadbir 11-sentabrgacha Hyatt Regency mehmonxonasi va A.Navoiy nomli Milliy kutubxonasi oldidagi hududida davom etadi. Boshlanish vaqti: 19:00
Yangiliklar lentasi
0