Siyosat

Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammit SHHTning kelgusi rivoji uchun xizmat qiladi - Chjan Min

© Press-slujba MID RF / Mediabankka oʻtishVstrecha glavы MID RF S. Lavrova i Generalnogo sekretarya SHOS CH. Mina
Vstrecha glavы MID RF S. Lavrova i Generalnogo sekretarya SHOS CH. Mina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
SHHT bosh kotibi Chjan Minning fikricha, SHHTga aʼzo davlatlar sentyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitdan konsensus va yechimlarni izlash imkoniyati sifatida foydalanadi.
TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. SHHT davlat rahbarlarining Samarqand sammiti mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan konsensusga erishishga yordam beradi. Bu haqida tashkilot bosh kotibi Chjan Min “TASS” agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammiti jahondagi yuqori notinch vaziyatda mintaqaviy va xalqaro vaziyat boʻyicha davlatlar rahbarlari oʻrtasida konsensusga erishish, SHHTning kelgusi rivoji, tashkilot doirasidagi hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tashkilotning amaldagi raisi sifatida Oʻzbekiston Samarqanddagi sammit kun tartibiga siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, transport-kommunikastsiyasi, gumanitar hamkorlik va boshqa sohalarda koʻplab takliflarni ilgari surganini eslatdi. Hozirda barcha tomonlar bu masalalar yuzasidan faol maslahatlashuvlar oʻtkazmoqda.

“Oʻylaymanki, SHHTga aʼzo davlatlar sentyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitdan yuqoridagi masalalar yuzasidan fikr almashish, konsensus va yechimlarni izlash imkoniyati sifatida foydalanadi”, deya xulosa qildi Chjan Min.

Yangiliklar lentasi
0