Sergey Bezrukov Toshkentda aktorlik mahorati bo‘yicha dars o‘tkazadi

© Kinematografiya agentligi Sergey Bezrukov
Sergey Bezrukov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Mahorat darslari Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filialida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Sergey Bezrukov Toshkentda mahorat darsi o‘tkazadi. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga taklif etilgan mehmonlar orasida taniqli rossiyalik aktor Sergey Bezrukov ham bor.
U kinofestivalning ochilish marosimida va barcha katta tadbirlarda ishtirok etadi.
“U Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali talabalariga aktorlik sirlari haqida gapirib beradi. Master-klass oliygohning yozgi maydonchasida bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, 13-sentabr kuni Artom Mixalkovning “Janob Nokaut” filmi namoyish etiladi. Filmda bosh rol ijrochilari orasida Sergey Bezrukov ham bor.
Yangiliklar lentasi
0