Shimoliy Koreya o‘zini yadroviy davlat deb e’lon qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Yadro quroli bo‘yicha har qanday qaror qabul qilish huquqi faqat mamlakat rahbari Kim Chen Inga tegishli.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. KXDR o‘zining yadroviy davlat ekanligini huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘ydi. Bu haqida Janubiy Koreyaning Yonxap axborot agentligi Shimoliy Koreya davlat OAVlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, yadro quroli bo‘yicha har qanday qaror qabul qilish huquqi faqat mamlakat rahbari Kim Chen Inga tegishli.
KXDR 14-chaqiriq Oliy xalq assambleyasining 7-sentabrdagi sessiyasida “Yadro quroli bo‘yicha siyosat” deb nomlangan farmon qabul qilindi.
Hujjat yadro qurolining maqsadi, yadro kuchlarining tarkibi, ularni boshqarish va nazorat qilish, yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha qarorlarning bajarilishini ta’minlash, ulardan foydalanish tamoyillari va shartlari, safarbarlik, xavfsiz saqlash va himoya qilish, shuningdek ommaviy mustahkamlash va yangilash to‘g‘risidagi qoidalardan iborat 11 bandni o‘z ichiga oladi.
“Yadro quroliga buyruq berish va nazorat qilish” haqidagi uchinchi bandda KXDR rahbari ularni tasarruf etish huquqiga egaligi va “yadro quroliga oid barcha qarorlarni qabul qilishi” qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0