Spivakov boshchiligidagi orkestr Botir Zokirovning "Umid" qo‘shig‘ini ijro etdi

© Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiRossiya Milliy filarmoniya orkestri
Rossiya Milliy filarmoniya orkestri  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Dirijorning aytishicha, konsertda ishtirok etish uchun Toshkentga 100 ga yaqin musiqachilar kelgan.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiyalik dirijor va skripkachi Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya Milliy filarmoniya orkestri Botir Zokirovning "Umid" qo‘shig‘ini ijro etdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Spivakovning so‘zlariga ko‘ra, orkestr jamoasi Toshkentdagi konsertda nima ijro etishni oldindan o‘ylab qo‘gan. Shunday qilib, dirijor ikkita asar tanladi va konservatoriya rektori unga partiturada yordam berdi. Shundan keyin mashg‘ulotlar boshlandi.
"Biz o‘zbekistonliklar mazmunli hordiq chiqarishlarini xoxladik. Balki ijro biroz ruscha aksent bilan yangragandir, lekin baribir muhabbat bilan kuyladik. Va bu eng muhimi", deydi Spivakov.
Dirijor, shuningdek, orkestr jamoasi doim O‘zbekistondan ketish chog‘ida yana qaytish umidi bilan qaytadi, shu bois so‘nggi kompozitsiyasi ham “Umid” bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Dirijorning aytishicha, konsertda ishtirok etish uchun Toshkentga 100 ga yaqin musiqachilar kelgan.
Ma’lumot uchun, 8-sentabr kuni soat 19:00 da esa “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Rossiya Milliy filarmoniyasi orkestri xayriya konserti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Genrik Ibsenning “Per Gunt” dramasi musiqasidagi mashhur suita va Norvegiya mumtoz san’at arbobi Edvard Grigning lya minor orkestri fortepiano konserti ijro etildi.
Shuningdek, Potr Chaykovskiy, Antonin Dvorjak, Jakomo Puchchini va Franchesko Chilea operalaridan parchalar ham kuylandi.
Yakkaxon ijrochilar Vladimir Spivakov va uning jamoasining konsert va sayyor chiqishlarida bir necha bor ishtirok etgan pianinochi Ivan Bessonov va soprano Yekaterina Petrova bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Mazkur tadbir Alisher Usmonov homiyligidagi “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0