Talabalar uchun ta’lim kreditini onlayn olish imkoniyati yaratiladi—Toshqulov

© CC0 / Unsplash / Christin HumeDevushka za noutbukom
Devushka za noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2022
Obuna bo‘lish
Hozirgi kunda talabalardan kontrakt-shartnomasini onlayn olish bo‘yicha 95 ming ariza qabul qilindi
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Talabalar uchun ta’lim kreditini onlayn olish imkoniyati yaratiladi. Bu haqida AOKAda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
“Maqsad bitta. Oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishdan to diplom ogungacha bo‘lgan jarayonlarni raqamlashtirish. Biz bunga erishdik. Hozirgi kunda talabalardan onlayn shartnoma olish bo‘yicha 95 ming ariza qabul qilindi”, deydi vazir.
Toshqulovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik Markaziy bank bilan birgalikda ta’lim kreditini onlayn olish imkoniyatini beruvchi "ta'limkrediti.uz" maxsus platformasini ishlab chiqdi. Ushbu platforma 2 kun ichida ishga tushiriladi.
Shuningdek, ertadan boshlab, o‘qishini xorijdan ko‘chirgan talabalar ham kontrakt-shartnomasini onlayn olishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ta’lim sohasida talabalarga yengillik yaratish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. bular orasida talabalarga imtiyozli kreditlar berish, talabalaring yotoqxona va ijara uylarga joylashishiga yordam berish, kam ta’minlangan talaba qizlarning to‘lov-kontrakt pullarini to‘lab berish va boshqa bir qator imtiyozlar shular jumlasidan.
Yangiliklar lentasi
0