Bugun kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

© SputnikAbituriyent podayet dokumenti v NIYaU "MIFI"
Abituriyent podayet dokumenti v NIYaU MIFI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2022
Obuna bo‘lish
DTMning eslatishicha, bugun (10 sentabr) professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Bugun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.
11 avgust kuni kollej va texnikumlarga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

“Bugun (10 sentabr) professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi. Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 139 638 ta qabul kvotasi tasdiqlangan. Shundan 149 ta kollej uchun — 59 ming 460 ta, 194 ta texnikum uchun — 80 ming 178 ta qabul ajratildi.
Yangiliklar lentasi
0