Farg‘onalik fermer paxtadan bir milliard daromad oldi

© UzAFermer iz Fergani Axrorjon Yunusov
Fermer iz Fergani Axrorjon Yunusov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2022
Obuna bo‘lish
Ayni damda Bog‘dod tumanida 100 ta paxta terim otradlariga birlashgan 9 mingdan ortiq tashabbuskor terimchilar jalb etilgan.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Yashil vodiy paxtazori” fermer xo‘jaligi bu yil paxtaning o‘zidan bir milliard so‘m daromad olishni rejalshtirmoqda. O‘zA xabariga asosoan.
Bu haqida xo‘jalik rahbari Ahrorjon Yunusov hikoya qilib berdi.
– Dalalarimizda hosil cho‘g‘i mo‘l,- deydi fermer Ahrorjon Yunusov.– Dastlabki hisob-kitoblarimizga ko‘ra, paxtachilikdan ko‘zlanayotgan daromadimiz bir milliard so‘mdan oshdi. Bu xo‘jaligimiz uchun o‘ziga xos imkoniyatlar beradi. Ilg‘or terimchilarni rag‘batlantiramiz, zamonaviy texnikalar xarid qilib, qo‘shimcha tarmoqlar faoliyatini yo‘lga qo‘yamiz.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, xo‘jalik 29,4 gektar yerga chigit ekkan. Ayni damda birinchi terimda uygan paxta xirmoni 130 tonnaga yetdi. Bu belgilangan rejadan 16 tonnaga ko‘p. Har gektar yerdan olingan hosildorlik salmog‘i 45 sentnerdan oshdi, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, hosildorlik mo‘l bo‘lishiga fermer xo‘jaligi uchun paxtachilik klasteri tomonidan yaratilgan sharoitlar, urug‘lik chigit, mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlari o‘z vaqtida dala boshiga yetkazib berish, suvdan oqilona foydalanish va boshqa ishlar ko‘mak bergan.
Bog‘dod tumanida paxzta terimi qzg‘in, hosilni terib olish uchun 100 ta paxta terim otradlariga birlashgan 9 mingdan ortiq tashabbuskor terimchilar jalb etilgan.
Yangiliklar lentasi
0