Putin Charlz III ni tabrikladi

© AP Photo / Kirsty WigglesworthKorol Karl III. Arxivnoe foto
Korol Karl III. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2022
Obuna bo‘lish
Putin Charlz III ga taxtga o‘tirgani munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya qiroli Charlz Uchinchini taxtga o‘tirgani bilan tabriklab, telegramma yo‘lladi. Rossiya yetakchisining telegrammasi matni bugun Kreml saytida e’lon qilindi.

“Janobi Oliylari, taxtga o‘tirishingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. Siz janobi oliylariga muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, - deyiladi telegrammada.

Qayd etish kerak, Rossiya prezidenti Buyuk Britaniyaning yangi qiroli bilan shaxsan tanish. 2003-yilda Vladimir Putin Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan borganida (diplomatik protokol bo‘yicha eng yuqori darajadagi safar) aynan Charlz III Putin va uning rafiqasi bilan samolyot zinapoyasida uchrashib, marhuma qirolicha Yelizaveta II nomidan salomlashgan edi.
Ular oxirgi marta 2020-yilning yanvarida Quddusda uchrashgan va qo‘l berib ko‘rishgan.
Elatib o‘tamiz, qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etganidan so‘ng uning 73 yoshli o‘g‘li shahzoda Charlz avtomatik tarzda qirolga aylandi va Charlz III nomini oldi.
Yangiliklar lentasi
0