Bojxona sohasidagi tartib-taomillar soddalashtirildi – tafsilotlar

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota tamojennogo posta
Rabota tamojennogo posta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2022
Obuna bo‘lish
Litsenziyalarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan muhr bosilgan holda qog‘oz shaklda berish bekor qilinmoqda.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona sohasida tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deya yozadi Norma.uz.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash tartibotlarini raqamlashtirish;
O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini tashkil etish;
tranzit deklaratsiyasi va tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash tartibotlari uchun pasaytirilgan bojxona yig‘imlari stavkalarini belgilash;
qiymati BHM 30 baravarigacha bo‘lgan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini soddalashtirilgan tartibda deklaratsiyalash;
endi meva-sabzavot mahsulotlarini bojxona nazorati va rasmiylashtirish, shu jumladan avtomatlashtirilgan xavf-xatarni boshqarish yordamida amalga oshiriladi.
Bojxona ombori faoliyatini, erkin ombor faoliyatini, boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash jarayoni onlayn tartibda "Litsenziya" avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi. Litsenziya berish rad etilganda arizani qayta ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 5 kunga qisqarmoqda.
Litsenziyalarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan muhr bosilgan holda qog‘oz shaklda berish bekor qilinmoqda. Litsenziat, uning nomi, manzili o‘zgarganda qayta rasmiylashtirish uchun murojaat etishi lozim bo‘lgan muddat bir oydan 5 ish kuniga qisqarmoqda.
Litsenziya talablariga rioya etilishi “xavf-tahlil” tizimi hamda jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilik talablari buzilgani to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
Bojxona ombori, erkin omborda bojxona nazorati ostidagi va boj olinmaydigan savdo do‘konidagi mahsulotlar bo‘yicha bojxona nazorati shakllarini qo‘llashda prezident huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishish talab etilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya amal qilishini tugatish huquqidan mahrum etilmoqda. Ushbu vakolat faqat sudda saqlab qolinadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda dastlabki litsenziyani olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish uchun undirilgan yig‘im 50 foizi undiriladi; bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash pasportlari tasdiqlanmoqda.
Bojxona yig‘imlari stavkalarida tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun yig‘im BHM 25 foizi etib belgilanmoqda. Ilgari bojxona yuk deklaratsiyasi asosiy varag‘i uchun BHM 50 foizi, har bir qo‘shimcha varag‘i uchun BHM 25 foizi undirilgan.

Bojxona hamrohligidagi kuzatuvdan ozod etish uchun bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash eng yuqori miqdori kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundagi kurs bo‘yicha, chet el tovarlari tashilayotgan bitta transport vositasi uchun 100 ming yevro ekvivalentidan oshmasligi lozim. Ilgari ushbu miqdor 50 ming dollarni tashkil etgan.

Endi bojxona nazorati zonasiga javobgar shaxs, bojxona ombori egasi yoki uning ishonchli vakili bojxona xizmati ruxsati bilan bojxona plombalari va markirovkalarini yechish huquqiga ega.
30 BHMgacha bo‘lgan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini deklaratsiya qilish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Muqaddam soddalashtirilgan tartib 10 BHMgacha bo‘lgan jo‘natmalarga nisbatan qo‘llangan.
Yangiliklar lentasi
0