BAA Samarqandda suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishni moliyalashtiradi

© SputnikIstoriko-etnograficheskiy park "Vechniy gorod", voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa "Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande.
Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonga 1101, 900 million dirham miqdorida qarz ajratmoqda.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari Samarqand shahrida suv ta’minoti va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan loyihani moliyalashtiradi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-sentabr kuni imzolagan PQ-372-son qarorida keltirilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 4-yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 17-yilda qaytarish muddati bilan 1101, 900 million dirham miqdorida qarz bitimi imzolangan.
Loyihani amalga oshirish davri 4-yilni (2022-2026 yillar) tashkil etadi. U Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Qarorga muvofiq, Samarqand viloyati hokimligi mazkur qarz mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi hamda loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Bojxona kodeksiga asosan mamlakatning xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.
Loyihani amalga oshirish doirasida hosil bo‘ladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Yangiliklar lentasi
0