Dunyoda

BMT ayrim Yevropa davlatlarining yangi energiya siyosatidan xavotirda ekanini aytdi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Mediabankka oʻtishGazokompressornaya stantsiya Gascade v Ayslebene
Gazokompressornaya stantsiya Gascade v Ayslebene - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Nada Al-Nashif: Yevropa toza energiyaga oʻtishi va qazib olinadigan yoqilgʻilarga berilib ketmasligi kerak.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari oʻrinbosari Nada Al-Nashif baʼzi Yevropa davlatlarining energiya inqirozini bartaraf etish uchun qazib olinadigan yoqilgʻi ishlab chiqarishni qayta boshlash qaroridan xavotir bildirdi.
“Baʼzi Yevropa davlatlari energiya inqirozini yengish uchun qazib olinadigan yoqilgʻi ishlab chiqarishni qayta yoʻlga qoʻydi. Agar bu siyosatni tushunish mumkin boʻlsa, u uzoq davom etmasligi kerak, chunki u atrof-muhitni ifloslantiradi. Yevropa toza energiyaga oʻtishi va qazib olinadigan yoqilgʻilarga berilib ketmasligi kerak”, dedi Al-Nashif.
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Liz Trass avvalroq ekologlar tomonidan tanqid qilingan gidravlik yoriqlar yordamida gaz ishlab chiqarishga qoʻyilgan taqiqni bekor qilishini aytdi.
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Gʻarb Rossiyaga nisbatan sanktsiya bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va AQShda elektr energiyasi, yoqilgʻi va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati Gʻarbning uzoq muddatli strategiyasi boʻlib, sanktsiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba boʻldi. Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0