Xiva shahrida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
“Xiva-2” gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab shaharda 10 soat gaz bo‘lmaydi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Xorazm viloyati Xiva shahrining barcha mahallalari va tumanining ayrim hududlarida bugun vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Xiva-2” gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli 08:00 dan 18:00 gacha Xiva shahrining barcha mahallalari va Xiva tumanining Doston, Gulshan, Avaz Dunak, Pola Sulton, Pona Maqsim, Otajon To‘ra, Gandimiyon mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0