Erdog‘an yana Putinga Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qiladi - OAV

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. Arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Erdog‘an va Putin uchrashuvining eng muhim mavzusi Ukrainadagi vaziyat bo‘ladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Samarqandda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘ladigan uchrashuvda unga yana Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qiladi.
“Erdog‘an va Putin uchrashuvining eng muhim mavzusi Ukrainadagi vaziyat bo‘ladi. Turkiyada liderlar yig‘ilishi taklifini Putinga takrorlaydigan Erdog‘an diplomatik yechimga urg‘u beradi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida Suriyaga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiya ham kun tartibidan o‘rin olishi kutilmoqda”, deb yozadi “Hurriyet”.
Shuningdek, Turkiya va Rossiya Federatsiyasi rahbarlarining bo‘lajak shaxsiy uchrashuvida kun tartibidagi asosiy masalalardan biri “don yo‘lagi”ning faoliyat ko‘rsatishi bo‘lishi xabar qilingan.
“Putinning “afsuski, g‘alla boy mamlakatlarga ketadi” degan bayonotidan so‘ng Erdog‘an Rossiya tovarlarini Turkiya tomonidan muvofiqlashtirilgan kemalarda yo‘lak bo‘ylab jo‘natishni so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Putinning aytishicha, Ukraina hududidan eksport qilinadigan deyarli barcha don Yevropa Ittifoqiga yuborilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida 87 ta kemadan faqat ikkitasi muhtoj davlatlarga jo‘natilgan.
Yangiliklar lentasi
0