Yevropa tanazzuli butun dunyoga xavf solmoqda

© © RIA Novosti / Aleksey Vitviskiy/Pereyti v mediabankZdanie shtab-kvartiri Yevropeyskogo parlamenta v Brussele. Arxivnoe foto
Zdanie shtab-kvartiri Yevropeyskogo parlamenta v Brussele. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Germaniyaning yetakchi nashrlaridan biri bo‘lmish Die Welt gazetasi jurnalist Daniel Ekkertning maqolasini chop etdi. Maqolada u Yevropa inqirozini bashorat qilgan va bu holatni Rim imperiyasining qulashiga taqqoslagan
Ushbu mavzu, hozirgi yevropacha tushunchalarga ko‘ra, ilmiy emas, balki anchayin mojarolidir. Yozda bu mavzuni Spiegel jurnali ham ehtiyotkorlik bilan yoritgan edi. Muallif III-V asrlardagi Rim imperiyasi hamda hozirgi Germaniyaning bir necha muammolarini taqqoslagan. Ya’ni qayerdadir kimdir Qadimgi Rimga taqlid qilyapti, ammo bu yaxshi emas. Bu xalqlararo mojarolar, fuqarolik urushlari va qulashlar bilan xavfli.
Daniel Ekkert uzoqroq borishga ham tavakkal qilgan. U Rim imperiyasining qulashiga sabab bo‘lgan ikkita asosiy sabablarni keltirib o‘tgan. Zamonaviy pandemiya - shuningdek, unga ko‘r-ko‘rona va bema’ni kurashni - o‘z vaqtida Rim armiyasining jangovar salohiyatiga putur yetkazgan va yirik shaharlarda iqtisodiy hayotni izdan chiqargan Antonin vabosiga o‘xshatgan.
Ekkert masal tili bilan YeIning narxlar borasidagi g‘oyasini tanqid qilgan. Aynan Rim davlatining narxlarni cheklashi - avvalo nonga nisbatan- imperiyada katta iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lgan. Narxlarni miqdoriy sifatdan kamaytirish esa- misli ko‘rilmagan inflyatsiyaga olib kelgan.
Ekkertning siyosiy nuqtayi nazarlari bir tomondan qaraganda Yevropa qulashining har bir insonga ma’lum bo‘lgan alomatlarini keltirishga yo‘l qo‘ymagan. Varvarlar bosqini- Qadirgi Rim bilan taqqoslash kerak bo‘lgan asosiy sabab. “Buyuk xalqlar ko‘chishi” qandaydir rejalashtirilgan aksiya ekanligini taxmin qilish ahmoqona. To‘g‘ri, qandaydir harbiy harakatlar, rim legionlarining qulashi va shaharlarga hujumlar bo‘lgan. Biroq, varvarlar “qochqin”, ta’bir joiz bo‘lsa, migrant sifatida ommaviy tarzda Rim hududlariga kirib borishgan.
Rim imperiyasining yirik shaharlari qulash davrida xorijliklarga to‘lgan. Qullar va ozod etilganlar, boy savdogarlar, diasporalarning obro‘li rahbarlari, ishbilarmonlar, harbiylar, omad askarlari, umuman, “kelgindilarga” to‘lgan. Va ularning orasida haqiqiy rimliklar yo‘qolib qolgan. Hattoki imperatorning shaxsiy gvardiyasi ham “mahalliy bo‘lmagan”lardan tarkib topgan. Ular orasida, ayniqsa, illiriyaliklar omadli bo‘lishgan. Bir paytlar aynan illiriyaliklar Rim imperiyasini boshqargan bo‘lsa ajab emas. Axir bu hozirgi Yevropaga dushmanning katta qo‘shinlari kirib olganinini eslatmaydimi?
Bu haqida esa Die Welt yozmaydi. Shuningdek hozirgi Yevropaning LGBT - mavzusi qadimgi Rimning g‘ayrioddiy amaliyatlaridan biri bo‘lganini ham.
Rim iperiyasining qulashi va hozirgi Yevropa orasida o‘xshatishlar shu qadar ko‘pki, beixtiyor shubhalar paydo bo‘ladi - YeIning inqirozi mutlaqo anglangan holda rejalashtirilmaganmi o‘zi? Mana Ekkert ham Yevropaning qulashi “Qadimgi Rim ssenariysi bo‘yicha ketayotganini” ta’kidlab o‘tibdi. Bu yerda asosiy so‘z “ssenariy”.
Bu yerda xuddi Yevropaning amerikalik xojalari Garvard va Yelda Gibbon va Mommzenlarni o‘rgatishgandek. Britaniyalik va germaniyalik tarixchilar bo‘yoqlar bilan Rim imperiyasining qulashini aks ettirishgan va uning mexanizmini batafsil o‘rganishgan.
Bugun ularni o‘qish odamga rohat bag‘ishlaydi. Masalan, Mommzenning bir yuz ellik yildan oldin keltirgan fikriga qarang: “Rimda kapitalizmning hukmronligi o‘z cho‘qqqisiga chiqdi. Hamma joyda kapitalizm bir xil ... dunyoni barbod qilmoqda, agar insoniyat Sezar davridagi bu dahshatlarni yana bir ko‘rishga majbur bo‘lsa, Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlari sivilizatsiyasi urug‘i ekilgan kapitalning o‘sha hukmronligi to‘liq rivojlangandagina insoniyatning boshiga shunday ofat keladi”.
Yevropalik raqiblarini yo‘qotish niyatida Amerika Qo‘shma Shtatlari ongli ravishda YeIni Qadimgi Rim halokatiga olib kelgan vaziyatlarga solib qo‘yishi mumkin edi. Ayniqsa, Edvard Gibbon, “Rim imperiyasining paydo bo‘lishi va qulashi” kitobi muallifining buyuk mamlakatni xuddi avvalgi nasroniylar kabi qandaydir tajovuzkor va g‘azablangan sekta barbod qilgani haqida fikri Amerika elitalari uchun jozibali bo‘lishi mumkin.
Hozirgi tarixchilar bunda ateist Gibbon katta mubolag‘aga yo‘l qo‘yganini qayd etishadi. Biroq, radikal mazhab mafkurasidan davlatni yo‘q qilish uchun foydalanish g‘oyasi yo‘qolmadi. Va mana biz Yevropa hududida an’anaviy dinlar ayniqsa, xristianlikka bosim o‘tkazayotganlarini ko‘rib turibmiz. Cherkovlarga o‘t qo‘yishmoqda, ruhoniylarga hujum qilishapti. Parijdagi Notr-Dam bosh cherkovini tiklash esa hech kimning xayoliga kelmadi.
Xristianlik xarobalarida esa mutlaqo yovvoyi sektant e’tiqodlar- siyosiy nuqtayi nazar, LGBT, BLM, MeToo huquqlari, global iqlim o‘zgarishi kezib yuribdi. Bu endi allaqachon inson huquqlarini himoya qiluvchi harakatlar emas, balki shafqatsiz zamonaviy dinga aylandi. Uning o‘z e’tiqod ramzlari, o‘z marosimlari, ruhoniyu bid’atchilari bor.
Ushbu kamchilik qismni- vegetarianlardan tortib - LGBT chilarni davlatga qarshi yo‘nalish birlashtiradi. Ular shunchaki buzg‘unchi. Bu davlatni buzish quroli. Ularning boshqa hech qanday maqsadlari yo‘q.
E’tibor bering, Yevropa hududida amerikaliklar bunday sektalarni bajonidir ta’minlashadi. Biroq, AQShning o‘zida sektalarda bunday erkinliklar yo‘q. Agar Nyu-Yorkda transgenderlarga mumkin bo‘lsa, Floridada yo‘q.
Agar demokrat shtatlarda abortlar mumkin bo‘lsa, respublikachi shtatlarda u taqiqlangan.
Vashington boshqa yo‘nalishlarda ham xuddi shunday yo‘l tutadi. Yevropani migrantlarga to‘ldiradi, uning birinchi navbatda Rossiya bilan savdo-sotiq yo‘llarini buzadi, istiqodiyotni halokatga uchratadi. Hammasi xuddi Vashington Kapitoliysi aholisi ingliz Gibboni 250-yil avval yozgan ssenariy bo‘yicha YeIda “tanazzul va Yevropa imperiyasining qulashini tajriba qilayotgandek”.
Albatta bu inqirozdan xursand bo‘lish kerak emas. 2022-2023 yillar qish fasli Yevropaning ko‘p yillik tarixida ilk murakkab vaziyat bo‘lmaydi. U - muntazam urushlar, munatazam ommaviy ocharchilik, qo‘rqinchli epidemiyalar - bunaqasini boshidan o‘tkazmagan. Faqatgina so‘nggi o‘n yilliklarda yevropaliklar “jannatiy hayot faqat bizda”, deb butun dunyoning qulog‘iga lag‘mon osdi. Aslida esa ulardan inqirozdan chiqib, yana inqirozga tushib yashayotgan edilar.
Agar inqirozni bartaraf eta olishsa boshqa gap. Boshlanishiga ular bu haqida gapirishga qo‘rqishayotgani yo‘q, va buni qandaydir mazoxistik zavq bilan qilishmoqda. “Yevropaning qulashi”- bu adabiyotning butun qismi, va uni yuz yil avval Shpengler yaratgan emas.
X asrda yevropaliklar 1000- yilda bo‘lishi kerak bo‘lgan oxirzamonni ommaviy kutishgan. Yevropa haddidan oshgani hammaga ma’lum edi. “Tanazzul va qulash”. Hammaga xayr. O‘lat epidemiyasidan so‘ng XIV asrda ham hammasi tugadi deb o‘ylashgan edi. O‘ttiz yillik urush xarobalarida apokalipsis haqida hikoyalar yanada yaxshi yozilgan. Va bu safar yevropalik yetakchilar butun dunyo tugadi, va barchamiz o‘lamiz deb e’lon qilishdi.
Rim “qulashidan” Katta Katon ham shikoyat qilgan edi. Uning davrida Rim faqat g‘alabalar ichida yashayotgan va tanazzul haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas edi. Biroq, Katon odamlar iste’molchilikka qattiq berilgani, hayotini maishatga berib yashayotgani, frontga bormayotganidan shikoyat qilgan edi. Bu shikoyatlar militarizm uchun zamin yaratdi. Katon Karfagenni yer yuzidan butunday yo‘q qilmoqchi edi va o‘z auditoriyasini shunga safarbar qildi.
Umuman olganda, ehtiroslarga berilishi shart emas: tanazzul haqidagi formula - qadimiy ritorik yo‘nalish. Undan odatda harbiy propaganda, militarizatsiya boshlanadi. U Yevropaning xushor tortgani va muammolarni hal qila boshlaganidan dalolatdir.
Ammo, afsuski, u muammolarini boshqalar hisobiga hal qiladi. Butun dunyo bo‘ylab mustamlakani qo‘lga kiritish, mahalliy aholini qirg‘in qilish, yomon turgan hamma narsani talon-taroj qilish evaziga kengayish - bu Yevropa sivilizatsiyasining inqirozga qarshi yagona retsepti bo‘lib kelgan. Va u oshqora mustamlakachilik urushlari bilan bo‘ladimi yoki neomustamlakachilikning “ yumshoq” mexanizmlari bilan amalga oshiriladimi - muhim emas. Neomustamlakachilik o‘z yerida ham mahalliy aholini yo‘q qiladi, faqat yo‘lda.
YeIning boshqaruv doiralari yetakchilarining chiqishlari so‘nggi paytlarda qanchalar radikallashganiga e’tibor bering. Hamma “so‘nggi ukrain qolgunga qadar” jang qilishga, “Rossiyani mag‘lub etishga” va vatan uchun son-sanoqsiz qurbonlarni talab qilmoqda. Bugerlarning “nima yeymiz”, “qanday yuvinamiz” degan savollariga esa javob yo‘q. Demokratiya erkinliklari va inson huquqlari qayoqqadir g‘oyib bo‘ldi.
Bugerlarning namoyishlari esa go‘yoki barchani qo‘rqitish maqsadida shafqatsizlarcha bostirishmoqda. Shuningdek, pandemiyaga qarshi dahshatli choralar, minglab jarimalar, boz ustiga oshkora senzura - u nafaqat Rossiya OAV lari sarlavhalarida, balki Yevropaning barcha OAV lari kontenti qanday saralanishida ham o‘z aksini topgan
Umuman olganda, u yerda butunlay diktatura o‘rnatildi. Diktator yetishmayapti. Och qolgan burgerlarni bir safga tortib sharqiy frontga jo‘nata oladigan jur’atli va xarizmatik nusxa yetishmayapti xolos.
“Yevropa imperiyasining qulashi” haqidagi barcha hayqiriqlar shu bilan tugaydi. Yevropa elitalari o‘zlarining tanazzulga uchraganlaridan noliy boshlashganlarida bu juda xavfli. Aynan shu daqiqalarda ular o‘z muammolarini hal qilish uchun kimni qurbon qilish mumkinligi haqida o‘ylab, atrofga alanglashni boshlashadi. “Yevropa tanazzuli” muallifi Osvald Shpengler umrining so‘nggida Adolf Gitler uchun ovoz bergani bejiz emas shekilli.
Yangiliklar lentasi
0