Germaniya “qizil chiziq”ni kesib o‘tdi – Rossiya elchisi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlag Germanii nad zdaniyem Budestaga
Flag Germanii nad zdaniyem Budestaga  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Nechayev: Ukrainani qurol-yarog‘ bilan to‘ldirish faqat mojaroni uzaytiradi va qurbonlar sonini oshiradi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Germaniya Ukrainaga o‘z ishlab chiqargan qurollarni yetkazib berishni boshlaganida, o‘tmasligi kerak bo‘lgan qizil chiziqni bosib o‘tdi. Bu haqda Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev ta’kidladi.
“Jumladan, Germaniyaning Ulug‘ Vatan urushi davrida natsizm jinoyatlari uchun xalqimiz oldidagi ma’naviy va tarixiy javobgarligini hisobga olgan holda”, dedi diplomat.
Nechayevning ta’kidlashicha, Ukrainani qurol-yarog‘ bilan to‘ldirish manzilsiz yo‘ldir, bu faqat mojaroni uzaytiradi va qurbonlar sonini oshiradi. Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Germaniya xalqlari o‘rtasidagi urushdan keyingi yarashuv jarayoni hozir, aslida, “yemirilmoqda”.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyevga yaqin kelajakda eng so‘nggi zamonaviy qurol-yarog‘larni yetkazib berishga va’da bergan edi. Ushbu yetkazib berishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniya harbiy-sanoat majmuasidan amalga oshirilishi aytilgan.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayd etishicha, Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanadi. Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yuborish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0