Indoneziya Rossiya neftini xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie kachalki v Tatarstane
Neftanie kachalki v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Indoneziya prezidenti hukumat energetika talablarini qondirish uchun turli manbalarni qidirib topishga majburligini ta’kidladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Indoneziya energiya resurslari narxi ko‘tarilishi sharoitida Rossiyadan neft xarid qilishni boshlashi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Joko Vidodo “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz hamisha barcha variantlarni kuzatamiz. Agar mamlakat bo‘lsa va u yaxshi narxda bersa – albatta”, - dedi Vidodo.
Indoneziya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hukumat “energetika talablarini qondirish uchun turli manbalarni qidirib topishga majbur”.
Avvalroq Rossiya va Indoneziya savdo-sotiqni milliy valyutalarga o‘tkazishni muhokama qilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0