Jamiyat

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 8 ta milliy ekspertizadan oʻtkazildi

© Oliy Majlis Qonunchilik palatasiKonstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Konstitutsiyaviy komissiyaga Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozogʻiston, Germaniya va boshqa davlatlardan vatandoshlarning yuzlab taklif va munosabatlari kelib tushgan.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Konstitutsiyaviy komissiyaga Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozogʻiston, Germaniya va boshqa davlatlardan oʻzbekistonliklarning yuzlab taklif va munosabatlari kelib tushdi. Bu haqda 10 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.
Yigʻilishda taʼkidlanishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasiga qoʻyilganidan soʻng 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Bu umumxalq muhokamasi muddatini uzaytirish haqidagi qaror maqsadga muvofiq boʻlganini isbotlagan.
Fuqarolardan kelib tushayotgan takliflar orasida soliqqa tortishning adolat printsiplariga mos boʻlishi, mehnat huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishi, davlat organlari faoliyatining ochiq boʻlishi va ularga korruptsiyaga qarshi kurashish majburiyatini yuklash, yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri boʻlishi, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar faoliyatiga aralashmaslik, odil sudlovning fakat sud tomonidan amalga oshirilishi va boshqa shu kabi kelib tushgan takliflar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, eʼtirozlarga sabab boʻlgan ayrim normalar loyihadan chiqarib tashlangan.
“Eʼtiborlisi, mazkur jarayonga xorijdagi oʻzbekistonliklar ham befarq boʻlishmadi. Jumladan, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozogʻiston, Germaniya va boshqa davlatlardan vatandoshlarimizning yuzlab taklif va munosabatlari kelib tushdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yigʻilishda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi shu kunga qadar 8 ta milliy ekspertizadan oʻtkazilgan.
Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi davlat tilidagi matni tahririni tayyorlash boʻyicha olib borilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Loyihada adabiy til qoidalari va normalari talablariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya qilingan.
Qonun loyihasi matni tayyor boʻlishi bilan u deputatlar muhokamasiga kiritiladi. Deputatlar fikrlari eʼtiborga olingan holda keyinchalik tayyor boʻladigan konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumga qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0