Dunyoda

Medvedev: Rossiya kelajakda Kiyev rejimining toʻliq taslim boʻlishini talab qilishi mumkin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka oʻtishIntervyu Premyer-ministra RF D. Medvedeva rossiyskim telekanalam
Intervyu Premyer-ministra RF D. Medvedeva rossiyskim telekanalam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Medvedevning aytishicha, Kiyevga qoʻyilgan hozirgi ultimatumlar kelajakdagi talablar oldidan xamir uchidan patirdir.
TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muloqot qilishni istamaslik haqidagi soʻzlarga izoh berib, hozirgi ultimatumlar kelajakdagi talablar oldidan xamir uchidan patir ekanini aytdi.

“Allaqanday bir Zelenskiy ultimatum qoʻyganlar bilan muloqotga kirishmasligini aytibdi. Hozirgi “ultimatumlar” kelajakdagi talablar oldidan xamir uchidan patir. Va u buni biladi: Rossiya shartlariga koʻra Kiyev rejimining toʻliq taslim boʻlishi”, - deb yozgan Medvedev Telegram-kanalida.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida hozir Moskva bilan muzokaraga tayyor emasligini aytgandi.
Rossiya-Ukraina muzokaralari fevral oyi oxirida boshlandi: Belarusda ikkita yuzma-yuz uchrashuv boʻlib oʻtdi, keyin muzokaralar videoaloqa orqali davom etdi. Mart oyi oxirida Istanbulda ikki davlat vakillari uchrashdi. Keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina takliflarini rad etib, muzokaralar jarayoniga toʻsqinlik qilayotganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, Moskva aloqalarni rad etmaydi, biroq Kiyev jarayonni qancha kechiktirsa, kelishish shunchalik qiyin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0