Rossiyalik taniqli boshlovchi O‘zbekiston haqida film suratga oldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishValdis Pelsh, arxivnoe foto
Valdis Pelsh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Hujjatli film O‘zbekistonning boy tarixiy merosi haqida hikoya qiladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiyalik teleboshlovchi Valdis Pelshning . “Uzbekistan. Zaglyanut za gorizont” (“O‘zbekiston. Ufq ortiga nazar”) ko‘rsatuvi premyerasi 18-sentabr kuni “Birinchi kanal”da bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
48 daqiqalik hujjatli film O‘zbekistonning boy tarixiy merosi haqida hikoya qiladi, shuningdek, mamlakatning zamonaviy hayotining qirralari – ilm va texnika yutuqlari, turizm sohasidagi imkoniyatlar va boshqa ko‘plab mavzularga to‘xtalib o‘tadi.
Pelshning O‘zbekiston haqidagi filmi taniqli boshlovchining Rossiya va dunyo bo‘ylab sayohatlari haqida ma’lumot beruvchi filmlar turkumiga kiradi.
Filmda O‘zbekiston energetika vaziri, sport va turizm vaziri, fizika va kimyo sohasi mutaxassislari, hunarmandlar, shuningdek, texnik maktablar o‘quvchilari bilan suhbatlar o‘rin olgan. Film O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning ilmiy-texnika markazi sifatidagi keng imkoniyatlarini ochib berdi.
Pelshning so‘zlariga ko‘ra, tasvirga olish jarayoni 23 kun davom etgan va shu vaqt ichida suratga olish guruhi O‘zbekistonning o‘nlab shaharlari va qiziqarli joylariga tashrif buyurgan. Ular o‘zlari uchun yangi kashfiyotlarni ochishgan.
“Masalan, Shahrisabz biz uchun kutilmagan kashfiyot bo‘ldi. Noyob diqqatga sazovor joylar va juda oq ko‘ngil odamlar bilan to‘la joy. Butun film sayohat janrida suratga olingan”, - deydi Valdis Pelsh.
U bu filmni suratga olishda yordam bergan va ishtirok etganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Toshkent kinofestivali bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda suratga olingan filmning Rossiya televideniyesidagi premyerasi “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga mobaynida bo‘lib o‘tadi.
Toshkent xalqaro kinofestivalida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 4 ta memorandum imzolanadi
Yangiliklar lentasi
0