Samarqandda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ilya PitalevPojar na sklade , arxivnoe foto
Pojar na sklade , arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
Chempionat doirasida yong‘in o‘chirish-qutqaruv texnikalarining xalqaro ko‘rgazmasi, yong‘inlarni o‘chirish va oldini olish sohasidagi nanotexnologiyalar namoyishi tashkil etiladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Samarqandda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVII, ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi xabar berdi.
Chempionat 29-sentabrdan 5-oktabrgacha Xalqaro o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sport federatsiyasi shafeligida bo‘lib o‘tadi.
Chempionat doirasida yong‘in o‘chirish-qutqaruv texnikalarining xalqaro ko‘rgazmasi, yong‘inlarni o‘chirish va oldini olish sohasidagi nanotexnologiyalar namoyishi tashkil etiladi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘t o‘chiruvchi-qutqaruvchi kasbini ommalashtirish, kasbiy va sport mahoratini oshirish, turli mamlakatlar yong‘in xavfsizligi va qutqaruv xizmatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni, hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro miqyosda yong‘in-qutqaruv sportini yanada rivojlantirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0