Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT Afg‘oniston rivojlanishi uchun yangi kun tartibini ishlab chiqishi mumkin – Mirziyoyev

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Afg‘oniston ShHT makonining ajralmas qismi ekani va bugun afg‘on xalqi qo‘shni va xayrixoh davlatlar ko‘magiga har qachongidan ham muhtojligini ta’kidlagan.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Afg‘oniston barqaroligi va farovoni uchun yangi kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShTHning Samarqand sammiti arafasida chop qilingan maqolasida yozgan.
“O‘zaro pozitsiyalarimizni yaqinlashtirib, tinch, barqaror va farovon Afg‘oniston uchun ShHTning yangi kun tartibini birgalikda ishlab chiqa olishimizga aminman. Shundagina tom ma’noda barqaror va izchil rivojlanayotgan, yaxlit xavfsizlikka ega bo‘lgan ShHT makonini barpo eta olamiz”, - deya yozadi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari ShHT doirasida shakllangan ijobiy va muvaffaqiyatli tajribadan Afg‘onistonni rivojlantirish masalasida ham foydalanish o‘ta muhim va dolzarb ekanini ta’kidlagan.
“Shak-shubhasiz, Afg‘oniston ShHT makonining ajralmas qismi sanaladi. Bugun afg‘on xalqi qo‘shni va xayrixoh davlatlar ko‘magiga har qachongidan ham muhtoj. Afg‘onistonga birgalikda yordam qo‘lini cho‘zishimiz, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mintaqaviy va global taraqqiyot jarayonlariga integratsiyalashuviga ko‘maklashishimiz va shu orqali ushbu davlatning ko‘p yillik inqirozdan chiqishi uchun qulay sharoit yaratib berish bizning ma’naviy burchimizdir”, - deb hisoblaydi prezident.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajarishdek yangi tinchlik missiyasida o‘zini namoyon etmog‘i lozim.
Bunday o‘zaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikning namunaviy ramzi sifatida Transafg‘on koridorining qurilishi loyihasini aytish mumkin.
“Shuni ham anglash muhimki, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li kabi qo‘shma infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali, biz ijtimoiy-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya vazifalarini hal etibgina qolmasdan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ham salmoqli hissa qo‘shishimiz mumkin”, - deya ta’kidlagan davlat rahbari.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston ShHTga raislik qilishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgach, asosiy e’tiborni hamkorlikning yangi ufqlarini ochish va har bir ishtirokchi mamlakatning foydalanilmagan rezervlarini ishga solish orqali tashkilotni jadal rivojlantirish strategiyasiga qaratgan.
“Bizning asosiy shiorimiz – “Har birimiz kuchli bo‘lsakkina ShHT kuchli bo‘ladi”. Uni amalda ro‘yobga chiqarish yo‘lida Tashkilotni yanada kuchli va xalqaro hamkorlarimiz uchun yanada jozibador bo‘lishiga erishish uchun jiddiy harakat qildik”, - deya yozadi Mirziyoyev.
“Shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizning ShHTga raisligi yurtimizda keyingi olti yilda amalga oshirib kelinayotgan faol va ochiq tashqi siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi. Bu siyosat, eng avvalo, ShHTning geografik o‘zagi bo‘lmish, bugungi kunda yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash borasida ijobiy va ortga qaytmas jarayonlar ro‘y berayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshmoqda”, - deydi O‘zbekiston rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.
Samarqand shahrida ShHTga a’zo mamlakat rahbarlari 2019-yildan buyon ilk marta yuzma-yuz ko‘rishadi. Shuningdek, sammitda birinchi marta 15 mamlakat rahbari ishtirok etadi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Unga Hindiston, Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston a’zo. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘iliston kuzatuvchi mamlakat maqomiga ega. Samarqand sammitida Eronni tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishiga oid hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0