Amanbay Orinbayev Senat raisi o‘rinbosari bo‘ldi

© Oliy Majlis Senati matbuot xizmatiAmanbay Orinbayev
Amanbay Orinbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Senat raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Bugun, 13-sentabr Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Tleubayevich Orinbayev Senat raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida qaror qabul qilindi.
Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 9 va 15-moddalariga hamda “Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga muvofiq Murat Kallibekovich Kamalov Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Amanbay Orinbayev 26-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimini egallagan.
Faoliyati davomida u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan.
Avvalroq, Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Senat a’zosi etib saylangani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0