Anqara Turkiyaga qarshi kampaniya sabab Kiyevdan tushuntirish so‘radi – OAV

© © Foto : Pexels/Aydın KirazTursiya
Tursiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Turkiyaning Ziraat Bankasi, İş Bank va Credit Europe Bank rahbarlari bir turdagi qora ro‘yxatga kiritilgan.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Anqara Ukrainada boshlangan turk ishbilarmonlari va banklariga qarshi kampaniya munosabati bilan Kiyevdan tushuntirish so‘radi. Bu haqda “Aydınlık” gazetasi diplomatik manbalarga tayanib xabar bergan.

“Turkiyaning Kiyevdagi elchixonasi ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqqan va bu masala diqqat bilan kuzatilmoqda”, - deyiladi maqolada.

Avvalroq G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni Anqara qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani sababli Ukrainada turk ishbilarmonlari va banklariga qarshi sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha tashviqot boshlangani aytilgan. Turkiyaning Ziraat Bankasi, İş Bank va Credit Europe Bank rahbarlari bir turdagi qora ro‘yxatga kiritilgan.
Maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi, xususan, energiya resurslarini sotib olishga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi.
Yangiliklar lentasi
0