Dunyoda

AQSH Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari oʻnligidan chiqib ketdi – FBX

© Sputnik / Sergei Guneev / Mediabankka oʻtishFlagi Rossii i SSHA na mostu Monblan v Jeneve
Flagi Rossii i SSHA na mostu Monblan v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya va AQSH oʻrtasidagi savdo aylanmasi qariyb 65 foizga kamaydi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari oʻnligidan chiqib ketdi, mamlakatlar oʻrtasidagi savdo aylanmasi qariyb 65 foizga kamaydi. Bu haqda Federal bojxona xizmati (FBX) rahbari oʻrinbosari Vladimir Ivin RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“AQSH bilan savdomiz juda yaxshi boʻlgan, u doimo birinchi oʻnta hamkorlar qatorida boʻlgan, hozir esa yoʻq. Yaʼni, bizda AQSH bilan savdo hajmi 65 foizga pasaygan”, dedi Ivin.
Shu bilan birga, u Hindiston kuchli oʻnlikka kirganini taʼkidladi.
“Ular yoqilgʻi-energetika, kimyo sanoati mahsulotlarini faol sotib olmoqda. Ularning oʻzi bizga farmatsevtika guruhi, oziq-ovqat mahsulotlari eksportini koʻpaytirdi”, deya qoʻshimcha qildi u.
Federal bojxona xizmati rahbari oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Rossiyaning eng yirik oʻnta savdo hamkori hozirda shunday koʻrinishga ega: Xitoy birinchi oʻrinda, Niderlandiya ikkinchi oʻrinda, Turkiya uchinchi oʻrinda, undan keyingi oʻrinlarda esa Germaniya, Belarus, Janubiy Koreya, Italiya, Frantsiya, Qozogʻiston, Hindiston.
Yangiliklar lentasi
0