Farg‘ona va So‘g‘d o‘rtasida 10 tadan ortiq biznes shartnomalari imzolandi

© Sputnik / Press-slujba predsedatelya Sogdiyskoy oblastiBiznes-forum Tadjikistana i Uzbekistana
Biznes-forum Tadjikistana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Tojikistonning So‘g‘d viloyati va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 12 ta yangi shartnoma imzolandi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Tojikistonning So‘g‘d va O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatlari ishbilarmon doiralarining biznes-forumi doirasida yangi shartnomalar imzolandi. Bu haqida So‘g‘d viloyati raisi matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya 8—9 sentabr kunlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Abu Abdullo Ro‘dakiy nomidagi madaniyat uyida Farg‘ona viloyati tovarlari va mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shundan so‘ng So‘g‘d va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlari forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 12 ta yangi shartnoma imzolandi.
Tadbirda So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, tojikistonlik va o‘zbekistonlik tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi doirasida Xo‘jand shahridagi “Tojikiston Mustaqilligining 20-yilligi” stadionida Xo‘jandning “Xo‘jand” va Farg‘onaning “Sementchi” futbol jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va u 1:1hisobida yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish forumi doirasida umumiy qiymati 26,6 million dollarlik shartnoma imzolangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0