Sport

Kurashchi Jalgasbay Berdimuratov jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

© United world wrestlingJalgasbay Berdimuratov
Jalgasbay Berdimuratov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
-82 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jalgasbay Berdimuratov jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻldi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boʻlib oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jalgasbay Berdimuratov kumush medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 12 sentyabr kuni yunon-rum kurashi boʻyicha -82 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jalgasbay Berdimuratov musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunlab, kumush medalga sazovor boʻlgan.
Sportchi hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik Burxan Akbudakka qarshi gilamga chiqqan. Murosasiz kechgan bellashuv Akbudakning 7:6 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.
Avvalroq kurashchi Jasurbek Ortiqboyev mazkur chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0