Jamiyat

Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishOtkrыtiye novoy shkolы v Novosibirske
Otkrыtiye novoy shkolы v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
XTVning tegishli koʻrsatmasiga binoan oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oliy malaka toifasiga ega pedagog kadrlar majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etildi. Bu haqida Xalq taʼlimi vazirligining 12 sentyabrdagi koʻrsatmasida nazarda tutilgan.
Respublika taʼlim markazi direktor oʻrinbosari Isroil Tillaboyev maʼlum qilishicha, oliy malaka toifasiga ega boʻlgandan soʻng pedagog uni 15 yil davomida saqlab kelgan boʻlishi va uzluksiz ish tajribasiga ega boʻlishi talab etiladi.
Hujjatga koʻra, shu yilning 2 avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ushbu oʻzgarishlar tatbiq etilmaydi.
Qayd etilishicha, mazkur pedogoglarning oliy malaka toifasi umrbod saqlanib qolinadi.
Qolaversa, hujjatda bakalavr va magistr darajasiga ega kadrlarning malaka darajasi avtomatik ravishda ikkinchi toifa etib belgilanishi boʻyicha koʻrsatma berilgan.
Yangiliklar lentasi
0