O‘zbekiston banklari xorijliklar uchun hisob ochishda cheklovlar joriy qildi

© Sputnik / Zafar XalilovBankovskie karti
Bankovskie karti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Ayrim tijorat banklari norezidentlar uchun hisob-raqam ochish jarayonini qiyinlashtirilmoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonning qator tijorat banklari 12-sentabrdan xorijliklar uchun hisob va bank kartalarini ochishda cheklovlar joriy qildi.
“Kapitalbank” xabariga ko‘ra, bank hisobvaraqlarini faqat quyidagi hollarda ochish mumkin:
bankka murojaatdan oldin, 15 kundan ziyod uzluksiz O‘zbekiston hududida bo‘lganda;
O‘zbekiston ta’lim muassasalarida malaka oshirayotganda va talaba maqomini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lganda;
O‘zbekistonda rasmiy ishga joylashganda.
“Bankning naqd pul oqimlari va amaliyotlari shaffofligini ta’minlash maqsadida biz komplayens nazoratini kuchaytirmoqdamiz”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun bank hisobvaraqlari va omonatlarini ochish shartlari o‘zgarishsiz qolmoqda.
“Ipak yo‘li bank” esa 12-sentabrdan boshlab norezident shaxslar uchun hisob raqamlari va plastik kartalarini ochish faqat bankning Bosh ofisi qoshidagi Amaliyot boshqarmasida amalga oshirilishini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston moliya bozori ishtirokchilarining RIA Novostiga ma’lum qilishlaricha, mamlakatning yana bir nechta banki xorijliklar uchun qator cheklovlarni joriy etishgan. Agentlik hozir banklarning rasmiy ma’lumotlariga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0