O‘zbekistonda 2-3 balli zilzila sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / ADEK BERRYSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 12-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 21:32 da zilzila sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Kecha O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 21:32 da (12.09.2022 yil, Grinvich bo‘yicha soat 16:32 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, zilzila episentri Sirdaryo viloyatida, 40,37 gradus shimoliy kenglik; 68,71 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan.
Zilzila magnitudasi 2,9 ballga teng. Silkinish markazi 10 km yer qa’rida joylashgan. Zilzila episentri Toshkentdan 108 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
· Yangiyer shahrida 3 ball, 14 km.
· Guliston shahrida 3 ball, 14 km.
· Xovos tumanida 3 ball, 16 km.
· Boyovut tumanida 2-3 ball, 20 km.
· Guliston tumanida 2-3 ball, 23 km.
Yangiliklar lentasi
0