O‘zbekistonlik shaxmatchilar G‘arbiy Osiyo chempioni bo‘lishdi

© O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Marjona Malikova
Marjona Malikova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna bo‘lish
Marjona 9 turda 7,5 ochkoni, Muhammadali esa 9 turda 8 ochkoni qo‘lga kiritdi - tafsilotlar.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan G‘arbiy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Marjona Malikova va Muhammadali Abdurahmonov oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iz Respublikasida o‘smirlar o‘rtasidagi “Western Asia Chess Championship 2022” chempionati o‘tkazildi.
Unda Marjona Malikova G20-standart guruhida g‘alaba qozondi. Muhammadali Abdurahmonov esa O20- standart guruhida g‘alabaga erishdi.
© O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Muhammadali Abdurahmonov
Muhammadali Abdurahmonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2022
Muhammadali Abdurahmonov

“Marjona 9 turda 7,5 ochkoni, Muhammadali esa 9 turda 8 ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘zbek shaxmatining istiqbolli vakillarini jamoamiz nomidan tabriklaymiz”, deydi Alisher Sa’dullayev.

Yangiliklar lentasi
0