Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat rahbari Imom Buxoriy maqbarasi va Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi.
Aytilishicha, davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabrya pribыl v Samarkand. Glava gosudarstva posetil mavzoley Imama Buxari
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabrya pribыl v Samarkand. Glava gosudarstva posetil mavzoley Imama Buxari

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2022
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabrya pribыl v Samarkand. Glava gosudarstva posetil mavzoley Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.
Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16 sentyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi boʻlib oʻtadi.
1/2
2/2
1/2
2/2
SHHT sammiti

Eslatib oʻtamiz payshanba kuni Samarqandda SHHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit Oʻzbekistonning SHHTga raislik davrining yakuni boʻladi. Oʻtgan yil mobaynida SHHT doirasida Oʻzbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini ragʻbatlantirish kontseptsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa yoʻnalishlarda ham qoʻshma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0