Dunyoda

Hindiston Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni kengaytirish imkoniyatlarini oʻrganmoqda

© AFP 2022 / NOAH SEELAMIndiya.
Indiya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning Hindistondagi elchisi: Ikki tomon ham oʻsib borayotgan raqobat va oʻz milliy manfaatlarini barqaror himoya qilish sharoitida buni qilish kerakligini tushunadi.
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Hindiston Rossiyaga dori-darmon, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, elektronika va avtokomponentlar yetkazib berishni kengaytirish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Bu haqda Rossiyaning Hindistondagi elchisi Denis Alipov RIA Novosti agentligiga maʼlum qildi.
“Farmatsevtika sohasida sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, uglevodorod konlari, olmos majmuasini oʻzlashtirish istiqbollari ishlab chiqilmoqda. Rossiya bozoriga dori vositalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, elektronika, avtokomponentlar, Hindiston bozoriga esa yuqori texnologiyali mahsulotlar, oltin va qimmatbaho metallar yetkazib berishni kengaytirish imkoniyatlari oʻrganilmoqda”, dedi elchi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, togʻ-kon sanoati, fuqaro aviatsiyasi va kemasozlik sohasidagi hamkorlik ham jozibador koʻrinadi.
“Hozir biz nafaqat anʼanaviy sanoatda, balki istiqbolli yoʻnalishlarda - raqamlashtirish, fintex, sunʼiy intellekt, vodorod energiyasi, shahar qurilishida ilgʻor yechimlar boʻyicha nostandart yondashuvlar va innovatsion takliflarga muhtojmiz”, dedi diplomat.
“Bugungi kunda oʻzaro tovar ayirboshlashning asosiy qismini uglevodorodlar va oʻgʻitlar yetkazib berish tashkil etadi, chunki hozirda bular eng koʻp talab qilinadigan sohalardir. Biroq, biz boshqa sohalarda ham noyob imkoniyatlarga duch kelmoqdamiz, bu esa umuman iqtisodiy hamkorlikni diversifikatsiya qilish imkonini beradi”, dedi elchi.
Uning taʼkidlashicha, Moskva ham, Nyu-Dehli ham “bu vazifalarni toʻliq amalga oshirishdan manfaatdor”.
“Shu bilan birga, har ikki tomon ham oʻsib borayotgan raqobat va oʻz milliy manfaatlarini barqaror himoya qilish sharoitida buni qilish kerakligini tushunadi”, deya qoʻshimcha qildi Alipov.
Avvalroq Alipov 2022 yilning birinchi olti oyida Rossiya va Hindiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 11 milliard dollardan ortiqni tashkil etgani, 2025 yilga borib esa bu koʻrsatkich 30 milliard dollarga yetishi bashorat qilinayotganini maʼlum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0